Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Abdulla Aripov hukumatga qaytdi
14.09.2016 14:01,  
11

Abdulla Aripov bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlandi, Rustam Qosimov — oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri.

O‘zbekiston Prezidenti v. b. Shavkat Mirziyoyev o‘z qarori bilan Abdulla Aripovni bosh vazir o‘rinbosari etib tayinladi, deya xabar qildi «Gazeta.uz"ning Vazirlar Mahkamasidagi axborot manbasi. Hukumat portalining guvohlik berishicha, u Vazirlar Mahkamasida Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalari masalalari kompleksi rahbari vazifasini bajaradi.

Abdulla Aripov (1961 yilda tug‘ilgan) muqaddam 10 yildan ziyodroq muddat davomida — 2002 yil mayidan 2012 yil avgustiga qadar bosh vazir o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan. U axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksiga rahbarlik qilgan (2009 yil oktyabriga qadar — ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya, axborot tizimlari vatelekommunikatsiyalar kompleksi). Bir vaqtning o‘zida 2005−2009 yillarda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligini boshqargan.

Shavkat Mirziyoyev boshqa yuqori lavozimli shaxslarni ham tayinladi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri lavozimida 2014 yil aprelidan faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Alisher Vahobov o‘rniga Rustam Qosimov tayinlandi. Muqaddam (2004−2008 yillarda) u oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri va bosh vazir o‘rinbosari edi.

Inom Majidov Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari, Majid Karimov — ilm-fan bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан