Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston Bosh vaziri lavozimiga Abdulla Aripov nomzodi tavsiya etildi
21.01.2020 15:41,  
248

Avval xabar qilganimizdek, bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tmoqda. 

Xabarlarga ko‘ra, qo‘shma majlisda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Abdulla Aripov nomzodini O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri lavozimiga ilgari surdi.

MAVZUGA DOIR: O‘zLiDeP Bosh vazir lavozimiga o‘z nomzodini ko‘rsatdi

Ma’lumki, Konstitutsiyaning 98-moddasiga muvofiq bosh vazir nomzodi Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya tomonidan O‘zbekiston prezidentiga ko‘rib chiqish uchun taklif etiladi. 

Shundan kelib chiqib, yaqinda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi majlisida prezidentga bosh vazir lavozimiga nomzod taklif etilgan edi.

MAVZUGA DOIR: O‘zbekiston hukumati iste’foga chiqdi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан