Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Abdulla Aripov: «O‘zbekistonda butunlay yangicha iqtisodiy-siyosiy iqlim paydo bo‘ldi»
7.08.2021 20:57,  
119

Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda butunlay yangicha iqtisodiy-siyosiy, ijtimoiy-ma’naviy, ilmiy-ma’rifiy iqlim paydo bo‘ldi.

“Xo‘sh, mamlakatimiz bunday maqtanishga arzigulik natijaga qanday erishdi? Erishilayotgan natijalarga aslo qoniqmaslik, muvaffaqiyatlarga mahliyo bo‘lmaslik, mavjud ahvolni haqqoniy, ishlarni muntazam tanqidiy baholashga, o‘zlarining va jamoalarining oldiga tinimsiz bir-biridan murakkab vazifalar qo‘yib, doim marrani baland olishga da’vat qilgan hurmatli Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning qat’iy siyosiy irodalari va shaxsiy namunalari bilan erishdik.

Biz juda tez amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarga ko‘nikib qoldik. Ularning mohiyatini anglashga ulgurmayapmiz. Go‘yo, Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo‘lida qilinayotgan mislsiz islohotlar aynan shunday bo‘lishi kerakdek va shu ishlar o‘z-o‘zidan bo‘layotgandek qabul qilyapmiz. Aslida, buning zamirida, davlatimiz oldida turgan dolzarb muammolarni aql-idrok bilan yecha oladigan, fidoyi, mard, serg‘ayrat va tafakkuri kuchli bo‘lgan shaxsning – hurmatli Shavkat Miromonovichning qat’iyatlari mujassamdir”, dedi Abdulla Aripov.

Avvalroq, O‘zLiDeP  ham bu yilgi prezidentlik saylovida o‘z nomzodini e’lon qilgandi. Partiya navbatdan tashqari plenumida Shavkat Mirziyoyevni nomzod sifatida ilgari surdi. Uning nomzodi O‘zLiDeP qurultoyida tasdiqlanishi lozim bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан