Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Abdulla Aripov So‘xda nima ishlar bilan shug‘ullandi? (foto)
1.06.2020 20:43,  
2545

So‘xdagi vaziyatni o‘rganish uchun borgan Ӯzbekiston Respublikasi bosh vaziri A. N. Aripov tuman markaziy shifoxonasiga borib, bemorlar va jarohat olganlar holidan xabar oldi. Og‘ir ahvoldagi yaralaganlarni viloyat markaziy shifoxonalariga yetkazish uchun sanaviatsiya xizmati tumanga safarbar etildi.

Kunning birinchi yarmida O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘iziston Respublikasi bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Kubatbek Boronov bilan Botken viloyatidagi «Chechme-Avtodorojniy» nazorat-o‘tkazish punktida uchrashdi. 

Uchrashuvda DXX raisi Abdusalom Azizov va Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev ham ishtirok etdi. Uchrashuv chog‘ida kecha ikki mamlakatning chegaradosh qishloqlari aholisi o‘rtasida yuz bergan mojaro muhokama qilindi.

Tomonlar davlat chegarasining O‘zbekiston-Qirg‘iziston qismida sodir bo‘lgan voqeadan afsusda ekanini bildirib, vaziyatni to‘g‘rilash, uning yanada keskinlashishiga yo‘l qo‘ymaslik va chegara hududlaridagi holatni yumshatish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ko‘rishga chaqirishdi.

Ikki davlatning ilgari erishilgan kelishuvlarga sodiqligi va yuzaga kelayotgan muammolarni hal etishga konstruktiv yondashuvi alohida qayd etilgani aytildi.

Shuningdek, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Qirg‘iziston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Kubatbek Boronov ikki tomonlama hamkorlik va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Shundan sӯng, ikki mamlakat vakillari voqea sodir bӯlgan joyga tashrif buyurishdi. Janjal natijasida Ӯzbekiston Respublikasi hududidagi uchta xonadonda yong‘in kelib chiqqan. “Zarar kӯrgan oilalar xonadonlarini qisqa muddatda tiklab beramiz” – dedi Abdulla Aripov. - Chashma bulog‘i bu mӯjiza, insonlarga Yaratgan Egam tomonidan berilgan ne’mat. Shuning uchun, bu muqaddas chashmadan ham bizning fuqarolar, ham qӯshni respublika fuqarolari birdek foydalanishadi.

Kelishuvga binoan, chashma bulog‘ining atrofi panjara bilan ihotalanib, uning hududida zamonaviy dam olish maskani barpo etiladigan bӯldi.

Sӯngra «Chechme-Avtodorojniy» nazorat-o‘tkazish punktida ikki davlat fuqarolarining uchrashuvi bӯlib ӯtdi. Uchrashuvga A. Aripov va K. Boronovlar boshchilik qilishdi. Uchrashuvda ikki xalq va millatning dӯstligi, ӯzaro hamjihatlik rishtalari asrlarga tatigulik ekanligi qayd etildi.

“Bizning dӯstligimiz ming yillardan sarchashma oladi. Bizning bozorimiz ham, mozorimiz ham bir. Bӯlib ӯtgan voqealardan zaruriy xulosa chiqarib, dӯstligimizni mustahkamlashga albatta erishamiz” – deyishdi ikki xalq namoyondalari.

O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov qӯshni respublika vakillari bilan o‘zaro muzokaralardan keyin mahalliy aholi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Sux tumani aholisi A. Aripovga ularni qiynayotgan muammo va kamchiliklar haqida gapirib, ularning yechilishida amaliy yordam kӯrsatishni talab qilishdi. Ӯzbekiston Respublikasi bosh vaziri A. N. Aripov tashabbusi bilan yaqin kunlarda tumanda obodonchilik ishlari olib boshlanishi ma’lum bӯldi. Obodonchilik ishlariga 1 000 nafar yoshlar jalb etilishi ta’kidlandi.

Qӯshni respublika bilan kelishilgan holda yaylovlardan foydalanish, suv muammosini hal etish, tumanda joylashgan Qayroq, Javpaya, Toyon massivlarini ӯzlashtirish va shu yӯl bilan aholi ӯrtasida ishsizlik muammosini hal etilishiga erishish ham qayd etildi. Mahalliy aholini qiynayotgan eng asosiy masala – yӯl muammosi ham ӯrtaga tashlandi. So‘x – Rishton yӯli ham ikki davlat hukumatining ӯzaro kelishuviga binoan ochilishi ham ta’kidlanib ӯtildi.

So‘x tumaniga koridor ochib berish masalasi ham uchrashuv davomida kӯrib chiqildi. Shuningdek, ikki davlat ӯrtasidagi hal etilmagan hududlar bӯyicha ham delimitatsiya va demarkatsiya ishlari bir vaqtda amalga oshirilishi alohida aytib ӯtildi. Koronavirus pandemiyasi tufayli Farg‘onada qolgan 300 nafardan so‘xlik fuqarolarning Sux tumaniga olib kelinishi ham uchrashuv davomida A. Aripov tomonidan ta’kidlandi.

Ma’lumot ӯrnida: Sux tumaniga turli yumushlar bilan viloyatimizning boshqa shahar va tumanlardan kelgan 110 nafar fuqarolar qolib ketishgan.   

Avval xabar berganimizdek, yuzaga kelgan janjal natijasida tuman markaziy shifoxonasida 187 nafar yaralangan bemor davolanmoqda. Bugun sanaviatsiya xizmati orqali bemorlarning 15 nafari viloyat markaziga safarbar etildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан