Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Abdulla Aripov So‘xdagi mojaro yuzasidan Qirg‘iziston hukumati vakili bilan uchrashadi
1.06.2020 09:34,  
683

Qirg‘iziston bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Kubatbek Boronov Botken viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda bugun, 1 iyun kuni hukumat apparatining axborot ta’minoti bo‘limi ma’lum qilgan.

Aniqlik kiritilishicha, Boronov Botken viloyatining Qadamjoy tumaniga yetib borgan. U O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov bilan uchrashuv o‘tkazadi va u bilan ikki mamlakatning chegaradosh qishloqlari aholisi o‘rtasida ro‘y bergan mojaroni muhokama qiladi.

Shuningdek, Boronov huquqni muhofaza qilish organlari va mahalliy hokimiyat vakillari bilan tezkor uchrashuv o‘tkazadi.

Bugungi kunda, hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, vaziyatga yechim topildi. Rasmiylar xavfsizlik choralarini kuchaytirgan. Tegishli organlar mahalliy aholi bilan tushuntirish ishlarini olib bormoqda.

31 may kuni O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida joylashgan Chashma bulog‘i oldida ikki mamlakat fuqarolari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqdi.

Qirg‘izistonning Botken viloyatiga tutash, Farg‘ona viloyati tarkibidagi So‘x tumanida joylashgan Chashma qishlog‘ida suv uchun katta janjal ro‘y bergan. Ikki qishloq aholisi buloq o‘ziga tegishli ekanini da’vo qila boshlagan.

Internetda tarqalgan videolarda tomonlar bir-birini toshbo‘ron qilgani, chegara sim to‘siqlarini ko‘chirib olishga uringanini ko‘rish mumkin.

DXX Chegara qo‘shinlari matbuot xizmati ushbu hodisa bo‘yicha munosabat bildirdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан