Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Abdulloh qayerda? IIBga chaqirilgan 20 yoshli yigitning aybi nima?
7.11.2019 14:30,  
1458

2 noyabr kuni “Ezgulik” inson huquqlari jamiyati faoli Abdurahmon Tashanov Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida yashovchi fuqaro Dilmurod Tohirovning 20 yashar o‘g‘li Abdullohni IIB xodimlari olib ketib, bir haftadan buyon daragini bermayotgani haqida xabar bergan edi.

Kun.uz nashri mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida Abdullohning otasi, oila yollagan advokat va viloyat IIB rasmiysi bilan suhbatlashdi.

Dilmurod Tohirovning aytishicha, o‘g‘li Abdulloh Tohirovni oila a’zolari 26 oktyabrdan buyon ko‘rishmagan. Hatto farzandining ayni paytdagi ahvoli va qayerdaligi ham ularga oshkor etilmayapti. Bu esa qarindosh-urug‘lar, mahalla-ko‘yni vahimaga solgan.

«Jalaquduq tumanining «Yuqori chigit» mahallasida yashaymiz. Dehqonchilik bilan shug‘ullanib, tirikchilik qilamiz. O‘g‘lim Abdulloh bu yil 20 yoshga to‘ldi. 2018 yil noyabrida mahalladagi tanish-bilishlar bilan birga Rossiyaga ishlagani ketib, shu yil may oyida qaytib keldi. Shu kungacha o‘g‘limning ortidan biror yomon gap eshitmaganman. Uning xatti-harakati hamisha nazoratimda bo‘lgan», deydi Tohirov.

26 oktyabr kuni ertalab soat chamasi 7:00larda Abdulloh Qo‘rg‘ontepa hududida Andijon-Qo‘rg‘ontepa yo‘nalishidagi katta ko‘chada yo‘l-transport hodisasi sodir etadi. U qarindoshining «Lacetti» rusumli avtomobilini ishonchnoma asosida boshqarib yurgan. Hodisa yuz bergach, Abdulloh tog‘asi Islombekka telefon qilib, yuz bergan hodisa haqida ma’lum qiladi. Ko‘ngilsiz voqea sodir etilishida Abdulloh aybdorligi bois tog‘asi Islombek «Nexia-2»ga yetkazilgan zararni qoplab, shikastlangan joylarini ta’mirlatib berishini aytadi.

Bog‘ishamol dahasidagi eski mashina bozorga yaqin joydagi ustaxonada «Nexia-2»ning orqa bagaji ochiqligi uchun uning ichiga ham bir nazar solgan Tohirov u yerda «VSF» kategoriyadagi davlat raqam belgisi borligiga ko‘zi tushadi.

Birozdan so‘ng Dilmurod Tohirovning ukasi Elmurod qo‘ng‘iroq qilib, «Jalaquduq tuman IIBdagilar o‘g‘lingni olib borishimizni so‘rashyapti», degan. Kechki soat 18:00 da Abdulloh tuman ichki ishlar bo‘limi tomon otlangan. Yo‘lda ularga Farrux Yusupov ismli organ xodimi aloqaga chiqib, uning hamrohligida viloyat IIBga borishlari kerakligini aytgan. Uchalasi Islombekning avtomobilida Andijon shahriga ketishadi.

IIBda Abdullohning kamerali telefonini tezda uydan olib kelish shartligi aytilgan. «Kechqurun soat 23:30da ayolim ikkimizning ortimizdan 3—4 nafar organ vakillari uyimizga kelib, tintuv o‘tkazishdi. O‘g‘limning telefoni va uning ajralib ketgan qismlarini, unga qo‘shimcha ravishda kichkina kompyuterimiz va fleshkani ham o‘zlari bilan olib ketishdi. Shu vaqtda qaynukam mashina ustasiga telefon qilib, mashina Andijon viloyati IIB Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Qahramon Ergashevniki ekanligidan boxabar bo‘ldik», — deydi Dilmurod Tohirov.

Qahramon Ergashev bilan telefonda bir necha marta gaplashib turdik. Undan Abdulloh qayerdaligini so‘rasak, «Buning avtohalokatga aloqasi yo‘q. Toshkentdan buyruq bo‘lgan va Toshkentga olib ketildi. O‘g‘lingiz Rossiyadaligida ‘nozik odamlar’ni so‘kib yozgan internetda. Unga ko‘pi bilan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi beriladi. Vahima qilmanglar, bugun chiqarvorishsa kerak», degan fikrlarni bildirdi.

29 oktyabr kuni Dilmurod Tohirov Qahramon Ergashev bilan Andijon shahridagi kafelardan birining oldidagi ko‘chada uchrashgan.

«Abdulloh 15 kunga qamaldi, qaror chiqarilgan, Toshkentdagilar bilan gaplashib turibman. Sizlarga yana xabar beriladi», degan. Qamalishining sababini so‘rashganida, Islombekning qulog‘iga past ovozda «yuqori lavozimli amaldorlardan birini so‘kibdi», deya javob qaytargan. Shunday buyon Abdulloh haqida biror ma’lumot yo‘q.

Abdulloh Tohirov 15 sutkalik jazoni o‘tayotgani to‘g‘risidagi xabarni tekshirish uchun Qo‘rg‘ontepa tumani va Andijon shahridagi vaqtinchalik saqlash izolyatoriga murojaat qilgan, biroq ular bunday shaxs ushbu muassasalarga olib kelinmaganini ta’kidlagan.

Jalaquduq tumani IIB va prokuraturasi ham Abdulloh Tohirovga nisbatan ish ochilmaganini bildirgan. Keyin Toshkentga qaytib kelib, Prezident virtual qabulxonasi, Bosh prokuratura, IIV va DXX rahbarlari nomiga telegramma yuborilgan, ariza ham yozilgan.

Surishtiruv davomida Andijon viloyati IIB Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Qahramon Ergashev bilan telefon orqali bog‘lanilgan. U «Hech qanaqa holatlar (yo‘l transport hodisasi - tahr.) bo‘lmagan. Mashinam o‘zimda, haydab yuribman. Qandaydir tushunmovchiliklar bo‘lyapti, telefonlar masalasi bo‘yicha arzimagan bir-ikkita narsa bor. Yaqinda oydinlik kiritamiz», — deya javob qaytargan.

Kun.uz Ichki ishlar vazirligining Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasidan holat yuzasidan izoh olishning iloji bo‘lmaganini bildirdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан