Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Abdulloh Tohirov ishi bilan qaysi idora shug‘ullanyapti?
8.11.2019 10:37,  
1250

Andijon viloyat IIBB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i Qahramon Ergashevning mashinasi bilan to‘qnashuvdan so‘ng o‘g‘li Abdullohning qayerda ekanini hamon bilmayotgan Dilmurod Tohirov BBC o‘zbek xizmati va gazeta.uz saytlariga ham shikoyat qilgan.

Bi-bi-sida maqola chop qilinganidan so‘ng IIV matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov Abdulloh Tohirov ishini surishtirib, ma’lumot berishini ma’lum qildi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati Bi-bi-siga Abdulloh Tohirov ishini o‘rganib, vaziyatga munosabat bildirishini aytdi.

IIV matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov gazeta.uzga Tohirov ishi yuzasida izoh berarkan, "IIV Abdulloh Tohirov ishiga izoh berolmaydi. Bu masala bilan boshqa idora shug‘ullanyapti. Ayni damda ushbu idora matbuot uchun xabar tayyorlayapti va tez orada oshkor qilinishi rejalashtirilgan" dedi.

"Bosh Prokuratura bu haqda ma’lumotga ega emasmiz, deb ma’lum qildi" deyiladi gazeta.uz xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан