Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Abduqahhor Mullajonov Sirdaryo viloyati prokuroriga o‘rinbosar bo‘ldi
27.04.2021 21:51,  
266

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘i bilan adliya katta maslahatchisi Abduqahhor Fayzulloyevich Mullajanov Sirdaryo viloyati prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Abduqahhor Mullajanov 1976 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2002 yilda Toshkent davlat yuridik institutini (hozirda yuridik universitet) tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2002 yilda Mirzo Ulug‘bek tumani prokuraturasida boshlab, Toshkent shahar prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2004 yildan Toshkent shahar prokuraturasi bo‘lim katta tergovchisi, keyinroq Sergeli tuman prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2017-2018 yillarda Bektemir tumani prokurori lavozimida ishlagan.

U 2018 yil iyulida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi voyaga yetmaganlar haqidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlanib, shu kunga qadar ushbu lavozimda ishlab kelayotgandi.

Ma’lumot uchun, Abduqahhor Mullajonov O‘zbekiston Markaziy bankiga 1991 yildan 2017 yil mayiga qadar (vafotigacha) rahbarlik qilgan Fayzulla Mullajonovning ikkinchi o‘g‘lidir.

Bundan avvalroq, 2021 yil martida Fayzulla Mullajonovning katta o‘g‘li Abdumajid Mullajonov Olmazor tumani hokimi etib tayinlangandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан