Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Abituriyent ruxsatnomasi kimlarga berilmaydi?
24.08.2020 11:31,  
206

Ma’lumki, 22 avgustdan abituriyentlarga test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

DTM xabariga ko‘ra, mazkur ruxsatnoma quyidagilarga berilmaydi:

- Test sinovlarisiz to‘liq kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘ladigan ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga (ular o‘zlari tanlagan oliy ta’lim muassasalariga murojaat qilishlari kerak);

- Belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan, lekin test sinovlari uchun to‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlarga;

- Belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan, lekin keyinchalik tizimdan akkauntini o‘chirgan abituriyentlarga;

- Tegishli tartibda ta’lim yo‘nalishlarini tanlab ro‘yxatdan o‘tmagan fuqarolarga (ayrim abituriyentlar tizimga kirib, pasport ma’lumotlarini kiritgan, lekin ta’lim yo‘nalishlarini tanlab ro‘yxatdan o‘tmagan);

- Test sinovlarisiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri talabalikka tavsiya etiladigan imtiyozga ega abituriyentlarga (masalan, harbiy xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan yoki nogiron bo‘lib qolgan harbiy xizmatchilarning farzandlari);

Eslatib o‘tamiz, abituriyentlar test sinovlariga fuqarolik pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim.

Fuqarolik pasporti bo‘lmagan taqdirda abituriyent ruxsatnomasi haqiqiy deb hisoblanmaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан