Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Abituriyentlar davlat test markaziga ariza bilan murojaat qilsa, ularning to‘lovlari qaytariladi
26.05.2021 19:17,  
396

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 maydagi “Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-4319-son qaroriga asosan, test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlardan (nogironligi bo‘lgan yoki to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar bundan mustasno) test sinovlarida ishtirok etishi uchun eng kam ish haqining yarim baravari miqdorida to‘lov undirilishi joriy etilgan.

2019/2020 o‘quv yili qabulida oldingi yillar bitiruvchilaridan test sinovi uchun to‘lov undirish birinchi marta joriy etilgan bo‘lib, mazkur yilda abituriyentlardan hujjatlar qabuli oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari va Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirilgan. Unda abituriyentlar hujjatlarini topshirish uchun oliy ta’lim muassasalar qabul komissiyalari yoki Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilganda, ular tomonidan to‘lovni amalga oshiradigan toifadagi abituriyentlarga to‘lovni amalga oshirish uchun kvitansiya shakllantirib berilgan va abituriyentlar to‘lovni amalga oshirgandan so‘ng hujjatlarini topshirgan.

To‘lov undirilmaydigan toifadagi abituriyentlarning hujjatlari esa shu zahoti qabul qilingan. Bunda to‘lovni amalga oshirmaydigan abituriyentlar toifalari haqidagi ma’lumotlar Davlat test markazi tomonidan oliy ta’lim muassasalar qabul komissiyalari va Davlat xizmatlari markazlariga yetkazilgan hamda Davlat test markazining telegramdagi rasmiy kanalida e’lon qilingan.

Shunday bo‘lsa-da, to‘lovni amalga oshirmaydigan abituriyentlar tomonidan hujjatlarni topshirish jarayonida test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirish holatlari kuzatilgan. Buning natijasida 896,4 mln. so‘m ortiqcha to‘lov amalga oshirilgan. O‘tgan davr mobaynida abituriyentlarning arizasiga asosan ortiqcha to‘langan 156,3 mln so‘m mablag‘ egalariga qaytarilgan. 2021 yilning 25 mart holatiga ortiqcha to‘langan mablag‘ miqdori 740,1 mln so‘mni tashkil etadi.

Qolgan abituriyentlar to‘lovni qaytarish bo‘yicha ariza bilan murojaat qilmaganliklari sababli, Davlat test markazida ularning to‘lovlarini qaytarish imkoniyati bo‘lmayapti.

Shunday bo‘lsa-da, ularning ma’lumotlari tahlil qilinib, noto‘g‘ri to‘lov amalga oshirgan 3 170 nafar abituriyentning ma’lumotlari 2020 yil uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar bazasidan aniqlanib, ularning telefon raqamlariga SMS xabarnomalar yuborilgan. Qolgan 4132 nafar abituriyentning ma’lumotlariga aniqlik kiritib bo‘lmayapti.

2019 yilning tajribasidan kelib chiqqan holda abituriyentlarni ro‘yxatga olish uchun ishlatiladigan ABITUR dasturi takomillashtirilib, mazkur kamchilikni oldini olish maqsadida dastlab abituriyentlar onlayn ro‘yxatga olindi va dastur tomonidan test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirishi kerak bo‘lgan abituriyentlar aniqlanib, ularga invoys shakllantirildi. To‘lovni amalga oshirmaydigan abituriyentlar uchun esa invoys shakllantirilmadi va ularning arizasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilindi. Buning natijasida to‘lovni amalga oshirish bilan bog‘liq kamchiliklar bartaraf etildi.

Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, Davlat test markazi abituriyentlar tomonidan noto‘g‘ri amalga oshirilgan to‘lovlarning abituriyentlarga to‘liq holda qaytarilishi tarafdori bo‘lib, mazkur abituriyentlar Davlat test markaziga ariza bilan murojaat qilganda, ularning to‘lovlari qaytarilishini ma’lum qiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан