Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Abituriyentlardan hujjatlarni qanday topshirishi ma’lum bo‘ldi
4.06.2020 13:28,  
608

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Bexzod Musayev rahbarligida 2020/2021 o‘quv yili qabul jarayonini tashkil etish yuzasidan dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan offlayn brifing bo‘lib o‘tdi.
 
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari B.Musayev, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.Majidov, Xalq ta’limi vaziri Sh.Shermatov Farg‘ona davlat universiteti studiyasidan qatnashdi. 

Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Bexzod Musayevning aytishicha, Respublika oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun abituriyentlar amaldagi muddatda 15 iyundan 15 iyulgacha (shu kuni ham): 

- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;

- Davlat test markazining rasmiy veb-sayti;

- Davlat xizmatlari markazlari orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Bunda abituriyentlarga uydan chiqmagan holda mobil telefon (kompyuter) yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratiladi.

Oliy ta’lim muassasalariga qabul ko‘rsatkichlari ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tili kesimida DTM hamda muayyan oliy ta’lim muassasasining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан