Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Abituriyentlarga test bo‘ladigan manzillarni ko‘rsatuvchi ilova ishlab chiqildi
22.06.2020 16:24,  
649

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari tomonidan 2020-2021-o‘quv yili qabulida OTMlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan binolarning geomanzilini ko‘rsatib beradigan “ImtihonGo” nomli maxsus mobil ilova yaratildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.

“ImtihonGo” mobil ilovasi Davlat test markazi tomonidan e’lon qilingan 2020-2021 o‘quv yili qabulida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan binolarning geomanzillari asos qilib olingan hamda shu manzillar ilovaga kiritilgan.

Ma’lum qilinishicha, ilova mualliflari TATU magistri G‘.Nazarov hamda «Radio va mobil aloqa» fakulteti talabasi H. Baxtiyorovlardir.

- Har bir yaratilgan dastur yoki startap qandaydir ma’noda insonlarning og‘irini yengil qilishi, ortiqcha vaqt, xarajatdan forig‘ bo‘lishiga yordam berishi kerak. Biz ham “ImtihonGo” mobil ilovasi orqali mamlakatimizdagi minglab abituriyentlarni yaqin oylarda bo‘lishi kutilayotgan test sinovlarini topshirishda ortiqcha qiyinchiliklarsiz, kerakli manzilga tez va aniq yetib borishda ko‘mak bermoqchimiz, – deydi loyiha muallifi G‘.Nazarov.

Ilovaga yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan binolar ro‘yxati hamda geomanzillari to‘liq kiritilgan.

Agarda biror sabablarga ko‘ra DTM tomonidan ko‘rsatilgan manzillarda yangilanish vujudga kelsa, ilovani ham tezda yangilash, o‘zgartirishlari tezda qo‘shish va bu o‘zgarishni foydalanuvchilarga yetkazish reja qilingan.

Ayni vaqtda mobil ilova foydalanishga tayyor bo‘lib, uni Google Play platformasidan yuklab olish mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан