Abituriyentlarning hujjat topshirish muddatlari va tartibi ma’lum qilindi (+videoqo‘llanma)

Abituriyentlarning hujjat topshirish muddatlari va tartibi ma’lum qilindi (+videoqo‘llanma)

Foto: Arxiv

Abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish joriy yilning 20 iyunidan 20 iyuliga qadar (20 iyul kuni ham) bo‘lgan muddatda quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan hududlarda –Davlat xizmatlari markazlari orqali.

Shuningdek, barcha hududlarda:

Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha video qo‘llanma:

Abituriyentlar 5 tagacha ta’lim yo‘nalishini tanlashi mumkin.

Abituriyentlarga test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi hamda fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqi berildi.

2020/2021 o‘quv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi

Shuningdek, kirish test sinovlari abituriyent tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fandan o‘tkaziladi.

Prezident qaroriga ko‘ra, davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish, shuningdek, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash uchun hujjatlarni topshirish jarayoni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi.