Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Abituriyentning pasporti yo‘qolgan bo‘lsa, imtihonga qanday kiradi?
26.08.2020 19:12,  
203

Ushbu savol yuzasidan O‘zA muxbiri Davlat test markazi bilan bog‘landi hamda vaziyatga oydinlik kiritdi.

Ma’lum qilinishicha, shaxsni tasdiqlovchi hujjati bo‘lmagan, yo‘qolgan yoki hujjat olishi kerak bo‘lgan abituriyentlar o‘z hududidagi IIVning migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlariga (xalq tilida - pasport stol) murojaat qilishi kerak.

Mas’ul tashkilotlar pandemiya davri bo‘lishiga qaramasdan faoliyatini muntazam davom ettirmoqda. Test o‘tkazish jarayonlarida IIV ham mas’ul tashkilotlardan biri hisoblanadi. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat borasidagi muammolarni ular bartaraf etishga ko‘maklashadi.

– Ammo imtihonga shaxsni tasdiqlovchi hujjat, ya’ni pasport bilan borish shart, – deydi DTM bosh mutaxassisi Jamshidbek Odilov.

Bundan xulosa qilish mumkinki, pasportini yo‘qotgan abituriyentlar zudlikda yangi pasport olish uchun ariza berishlari lozim. Boshqa abituriyentlar esa test kunlari yaqinlashayotgani hisobiga shaxsiy hujjatlariga e’tiborliroq bo‘lishlari va ehtiyotkorlikni oshirishlari maqsadga muvofiq.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан