Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Abu Saxiy», «Megaplanet» va «Toshkent city» ishchilarida koronavirus aniqlandi
30.06.2020 15:57,  
406

Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, Toshkent shahrida aholi orasida koronavirusga chalinish holatlari hamon qayd etilib, boshqa hududlarga qaraganda yuqori bo‘lib turibdi. Bu esa karantin cheklovlarini yanada kuchaytirishni talab etmoqda.

Avval xabar qilganimizdek, 28 iyun sanasida yurtimizda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan 266 nafar bemordan 16 nafari aholi orasida aniqlangan bo‘lsa, 29 iyun kuni esa 274 nafar bemordan 30 nafari aholi orasida tasdiqlanib, shundan 20 nafari Toshkent shahrida aniqlandi.

"Ikki kunlik ma’lumotga ko‘ra, ham umumiy kasallanish ko‘rsatkichi, ham aholi orasida koronavirusga chalinish holati oshganini ko‘rish mumkin.

Jumladan, Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi yashovchi Sh.G‘.da, Shayxontohur, Mirobod, Yunusobod, Sergeli va Uchtepa tumanlarida yashovchi 8 nafar fuqaroda (tana harorati ko‘tarilganligi sababli namuna topshirgan), Mirobod tumanidagi xususiy oyoq kiyim ta’mirlash ustaxonasi egasi U.U.da, «Megaplanet» savdo majmuasidagi «Sofiya» shirinlik do‘koni ishchisi D.T.da, Sergeli tumanidagi “ENTER Engineering” kompaniyasi hisobchisi N.M.da (tana harorati ko‘tarilganligi sababli namuna topshirgan), Respublika o‘smirlar va chaqiriluvchi yoshlarga tibbiy yordam tashkil etish markazi muqobil tibbiy komissiyasi hamshirasi Sh.Sh.da (tana harorati ko‘tarilganligi sababli namuna topshirgan) kasallik aniqlangan.

Shuningdek, Toshkent shahridagi «Kristal» savdo markazi kiyim-kechak do‘koni sotuvchisi U.R.da (Qozog‘istonga ketayotganligi uchun namuna topshirgan), Yunusobod tumanida yashovchi U.B.da (Yunusobod dehqon bozoriga borgandan keyin tana harorati ko‘tarilganligi sababli namuna topshirgan), «Abu Saxiy» savdo markazi xodimi S.Q.da (tana harorati ko‘tarilganligi sababli murojaat qilgan), “Toshkent city” qurilish ob’yekti oshpazi M.M.da (tana harorati ko‘tarilganligi sababli namuna topshirgan) ham koronavirus qayd etilgan.

Vaziyat tobora jiddiylashayotganini hisobga olib, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan joriy yil 1 iyuldan boshlab, qator karantin cheklovlari joriy etilmoqda. Jumladan, jamoat joylarida uch kishidan ortiq to‘planish, tunda esa ko‘chalarda, ko‘p qavatli uylar va hovlilar oldida bo‘lish taqiqlanmoqda.

«Qizil» va «sariq» hududlarda shanba va yakshanba kunlari buyum bozorlari yopiladi va jamoat transporti kamaytiriladi

Sog‘liqni saqlash vazirligi, yana bir bor, aholi orasida koronavirusga chalinish xavfi yuqoriligi bois poytaxtimiz aholisi va mehmonlaridan karantin qoidalariga qat’iy amal qilishlarini so‘rab qoladi" - deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан