Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Abu-Saxiy”da tilanchilik qilib, kechasi ko‘chada yotib yurgan qariya uyiga qaytarildi (video)
7.11.2019 09:49,  
514

Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtimizdagi “Abu-Saxiy” bozori atrofida uysiz qolgan keksa yoshdagi onaxon ko‘chada yotib kun kechirayotgani haqida videoxabar tarqaldi. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi Matbuot xizmati rahbari bu ayolning taqdiri bilan qiziqdi.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘zini avvaliga Farg‘ona viloyatidan, ismi-sharifini Shamsiyeva Klara Tajibayevna deb tanishtirgan, Farg‘onada qarindoshlari, kattagina uchastkasi bor ekanligini aytgan bu ayol aslida Toshkent viloyatining Parkent tumanilik Tojiboyeva Maxmuda Toshkanboyevna ekan.

Tojiboyeva Maxmuda Toshkanboyevna 2019 yil 8 avgust kuni ham Chilonzor tumani ma’muriy sudining qaroriga binoan Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining Reabilitatsiya markaziga joylashtirilgan, bu muddat tugagach esa, yana bozorlarda tilanchilik qilib, tunlari shu yerlarda yotib yurgan...

M.Tojiboyeva darhol O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish Respublika markazi qoshidagi Toshkent shahar reabilitatsiya qilish va moslashtirish markaziga joylashtirildi. Bu yerda ayolga yangi kiyim-bosh berildi, ovqatlantirildi, psixolog va tibbiyot xodimlari uning salomatligi borasida ish olib borishdi.

Bir necha soat davom etgan qidiruv ishlaridan so‘ng ayolning yaqinlari topilib, ularga M.Tojiboyevaning turgan joyi haqida ma’lum qilindi. Kechki soat 20 lar atrofida anchadan buyon bozorlarda yotib yurgan bu ayol qarindosh-urug‘lari bag‘rida Parkent tumaniga kuzatib qo‘yildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан