Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Adashyapmiz deb umid qilamiz”: iqlim isishining “dahshatli bashoratlari” ma’lum qilindi
18.02.2020 15:41,  
2472

Global iqlim isishi kutilganidan ko‘ra tezroq amalga oshmoqda. Hatto tarixdagi eng issiq oy bo‘lgan yanvarning issiqlari ham kelajakda kutilayotgan isishlar oldida hech narsa emas deb yozmoqda Bloomberg.

Shu yilning yanvar oyi so‘nggi 140 yil ichidagi eng issiq oy bo‘ldi. Bu oydagi harorat XX asrdagi o‘rtacha haroratdan +1,14 daraja issiq bo‘ldi.

Harorat eng issiq bo‘lgan 4 ta yanvar oxirgi besh yilda kuzatildi.

Fevral oyi boshida ilk marotaba Antarktidada +20 daraja harorat qayd etildi.

O‘tgan yili keng qamrovli iqlim modellari, jumladan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hukumatlararo guruhi tomonidan ishlab chiqilgan modellar ham, XXI asr oxirida antropogen iqlim isishi 4-5 darajani tashkil etishini prognoz qilgan edi, bu avvlagi prognozlardan uch barobar ko‘proqdir.

O‘tgan yili Avstraliyadagi keng ko‘lamli yong‘inlar ushbu modellarning haqiqatga yaqinligini ko‘rsatmoqda. Olimlar bunday darajadagi tabiiy ofatlarni 2050 yilga qadar kutishmagan edi. 2019 yil Avstraliyada eng issiq va qurg‘oqchil yil bo‘ldi. Hukumat, hattoki, suvni saqlash maqsadida “yashil qit’a”dagi tuyalarni o‘ldirib yuborishga qaror qilgan edi. Yong‘inlar sababli bir milliarddan ortiq hayvon nobud bo‘lgan edi.

Mavzuga doir: Suratlar so‘zlaganda: iqlim o‘zgarayotganini ko‘rsatuvchi 15 ta rasm (foto)

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан