Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Adliya vazirligi Gulnora Karimova ishi bo‘yicha munosabat bildirdi
24.12.2021 15:02,  
474

O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnora Karimovaga Shveysariya bankidagi muzlatib qo‘yilgan 70 million dollarlik aktivlari qaytarib berilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

O‘zbekiston Adliya vazirligi ushbu holatga munosabat bildirib, ayrim OAVlar sud qarorining ushbu qismini noto‘g‘ri talqin qilgan holda asossiz ma’lumotlar tarqatayotganini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan ma’lumotlarda sud qarorining barcha tafsilotlari oshkor etilmagan, bu esa ushbu ish bo‘yicha ishonchli ma’lumotlarni keng jamoatchilikka ob’yektiv yetkazishga to‘sqinlik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2012 yilda Shveysariya Federal prokuraturasi Gulnora Karimova va unga aloqador shaxslarga nisbatan jinoiy mablag‘larni legallashtirish va qalbakilashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli tergov boshlagan edi. Gap O‘zbekiston bozoriga kirish va to‘siqsiz ishlash evaziga xorijiy telekommunikatsiya kompaniyalaridan noqonuniy yo‘l bilan olingan yirik mablag‘larni legallashtirish haqida ketmoqda.

Shveysariya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan olib borilgan jinoiy tergov ishlari doirasida Shveysariya Federal prokuraturasi tomonidan ushbu davlat banklarida joylashgan Takilant Ltd. kompaniyasiga tegishli 350 million dollardan ortiq mablag‘lar musodara qilingan.

2021 yilning 22 dekabrida e’lon qilingan bayonotida Shveysariya sudi Gulnora Karimova va uning sheriklarini noqonuniy mablag‘larni og‘irlashtiruvchi holatlarda legallashtirishda aybdor deb tan olgani va shu sabab 293 million dollaridan ortiq mablag‘ musodara qilingani haqida xabar berdi.

«Bu Shveysariya huquqni muhofaza qiluvchi organlari uchun muhim g‘alaba hisoblanadi, chunki u mablag‘larni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha keyingi muzokaralar uchun imkoniyat ochadi», — deyiladi izohda.

Ta’kidlanishicha, sud qaroriga ko‘ra 70 million dollar miqdoridagi mablag‘lar protsessual xarajatlar chiqarib tashlanganidan so‘ng Takilant Ltd. kompaniyasiga qaytarilishi mumkin. Ayrim OAV sud qarorining ushbu qismini noto‘g‘ri talqin qilgan holda asossiz ma’lumotlar tarqatishmoqda.

Qayd etilishicha, Shveysariya federal jinoyat sudining 2021 yil 17 dekabrdagi qarori hali yakuniy qaror emas. Xususan, Shveysariya huquqni muhofaza qiluvchi organlari sudning ushbu qarori ustidan shikoyat qilish huquqiga ega.

Bundan tashqari, ushbu mablag‘larga nisbatan AQShning vakolatli organlari tomonidan ularni hibsga olish to‘g‘risida da’vo va order ham mavjud, bu esa Shveysariya sudining ko‘rsatilgan qarori kuchga kirgan taqdirda ham ushbu mablag‘larni kompaniyaga qaytarish imkonini bermaydi.

Ayni paytda O‘zbekistonning davlat organlari Shveysariya va AQSh rasmiylari bilan Gulnora Karimova hamda uning sheriklarining jinoiy faoliyat natijasida orttirilgan aktivlarini qaytarish bo‘yicha faol ish olib bormoqda. Chunki ushbu jinoyatlardan O‘zbekiston davlati va xalqi ham jabr ko‘rgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан