Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Afg‘on uchuvchilari O‘zbekistondan AQSh harbiy bazasiga olib ketiladi
12.09.2021 13:16,  
302

AQSh va O‘zbekiston afg‘on uchuvchilari borasida kelishuvga erishdi. Unga ko‘ra Afg‘oniston Harbiy havo kuchlari uchuvchilari oilalari bilan birgalikda Amerika harbiy bazasiga ko‘chiriladi. Bu xabarni Sputnik O‘zbekiston “The Wall Street Journal” gazetasiga tayangan holda tarqatdi.

Ta’kidlanishicha, gap “Tolibon” harakati hukumat tepasiga kelgandan keyin o‘z yaqinlari bilan harbiy samolyot va vertolyotlarda O‘zbekistonga qochgan uchuvchilar haqida bormoqda. Toliblar ularni qaytarishga urinishgandi, deb yozadi RIA Novosti.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 585 nafar afg‘on uchuvchilari, ekipaj a’zolari va ularning yaqinlari AQShning Dohadagi harbiy bazasiga uchib ketadi. Biroq keyin ularning Qatardan AQShga va yoki boshqa joyga ketishi noma’lum.

Gazetaning yozishicha, O‘zbekistonda  Afg‘onistondan kelgan 46 ta samolyot va vertolyot bo‘lib turibdi. “Tolibon” ularni qaytarishni so‘ragan. Toliblar vakili Suhayl Shohin avvalroq uchuvchilarning mamlakatga qaytishlari lozimligini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistonning ularga muhtojligi bor.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан