Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Afg‘oniston masalasi diqqat markazimizda turadi - Vladimir Norov
12.06.2020 18:15,  
119

Afg‘onistondagi vaziyat Shanxay hamkorlik tashkilotining diqqat markazida bo‘lib turibdi. Bu haqda juma kuni tashkilot bosh kotibi o‘zbekistonlik Vladimir Norov ma’lum qildi.

"Afg‘onistondagi vaziyatning borishi ShHTning diqqat markazida bo‘lib kelmoqda. ShHTning afg‘on yo‘nalishidagi faoliyati ShHT - Afg‘oniston "aloqa guruhi orqali amalga oshiriladi", - dedi Norov jurnalistlar bilan uchrashuvda.

ShHT afg‘onlar ichidagi mojaroni muloqot yo‘li bilan afg‘onlarning o‘zlari ishtirokida va  rahbarligida hal etish yo‘li bilan tinch yo‘l orqali hal etilishini istaydi.

"Shu munosabat bilan biz ushbu mamlakatni barqarorlashtirish va rivojlantirishda barcha manfaatdor davlatlar va xalqaro tashkilotlarni BMTning markaziy muvofiqlashtiruvchi roli bilan hamkorlikni kuchaytirishga chaqiramiz", - dedi Norov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, chet el qo‘shinlarining rejalashtirilgan ravishda olib chiqilishi sharoitida mintaqa davlatlari va xalqaro tashkilotlarning Afg‘onistonning tinch rivojlanish yo‘liga kirishini ta’minlashda ahamiyati ortib bormoqda.

ShHT 2001 yilda Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy, va O‘zbekiston rahbarlari tomonidan tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. 2017 yil 9 iyunda Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan ShHT sammitida ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari Hindiston va Pokistonni tashkilotga qabul qilish to‘g‘risida qaror qabul qildilar.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан