Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Afg‘oniston AQSh bilan kelishuvga binoan toliblarning bir qismini ozod qiladi
11.03.2020 18:40,  
226

Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani “Tolibon” harakatining 1500 nafar a’zosini ozod qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu harakat AQSh rahbariyati bilan kelishuv doirasida yuz berdi, deb xabar beradi Reuters.

MAVZUGA DOIR: AQSh Tolibon bilan tinchlik shartnomasini imzoladi

Birinchi mahbuslar to‘rt kundan keyin qo‘yib yuboriladi. Qarorga ko‘ra, ozod qilingan barcha toliblar "jang maydoniga" qaytmaslik majburiyatini olishlari kerak.

MAVZUGA DOIR: AQSh «Tolibon»dan terrorchi maqomini olib tashlashni so‘rab BMTga murojaat qildi​

Umuman olganda, ozod qilish jarayoni 15 kunni tashkil qilishi kerak, ya’ni qamoqxonadan kuniga yuz kishi chiqib ketishi ko‘zda tutilgan. Shu bilan bir qatorda, Afg‘oniston hukumati toliblar bilan muzokaralarni davom ettirish niyatida va agar ular oldinga siljishsa, mamlakat rasmiylari kuniga qo‘shimcha 500 mahbusdan (umumiy soni 5000 kishidan iborat) qo‘yib yuboradilar.

MAVZUGA DOIR:  Ashraf G‘ani: Afg‘oniston 5000 tolibonni ozod qilish majburiyatini olmaydi

Tolibonni ozod qilish harakati, afg‘on rasmiylari va AQSh ning fevral oyi oxirida imzolagan kelishuv shartlaridan biridir. Maqsad, Afg‘onistondagi 18 yillik urushni tugatish. Pentagon mamlakatdagi AQSh harbiy kontingentini 8600 kishiga qisqartirilishini e’lon qildi. Hujjatda AQSh qo‘shinlarining Afg‘onistondan bosqichma-bosqich olib chiqilishi ko‘zda tutilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан