Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Afg‘oniston tumanlarini egallayotgan “Tolibon” bayonot bilan chiqdi
26.06.2021 19:11,  
1444

So‘nggi vaqtlarda faol harbiy harakatlar olib borayotgan “Tolibon” harakati Afg‘oniston hukumati va boshqa barcha tomonlar bilan tinch kelishuvga erishmoqchi ekanini e’lon qildi. Bu haqda harakat matbuot kotibi Suxayl Shohinning bayonotida so‘z borgan. Bu haqda “ABC News” xabariga tayanib ’Qalampir.uz yozmoqda.

“Ba’zi viloyatlarning faqatgina markazi rasmiy Kobul nazoratida, ammo atrofidagi tumanlar biz tomonimizdan egallangan. Umumiy hisobda (bunday hududlar – tahr.) bizning nazoratimizdagi hududlarning 80 foizini tashkil qiladi”, deydi Shohin.

Ushbu bayonotning to‘g‘riligini tekshirish mumkin emas, chunki ko‘p joylar tez-tez qo‘ldan qo‘lga o‘tib turadi va Afg‘oniston rasmiylari bu masala bo‘yicha matbuotga izoh bermaydilar.

Shohin shuningdek, uning jamoasi so‘nggi harbiy yutuqlarga qaramay tinchlik muzokaralariga sodiqligini ta’kidlagan.

“Bizning siyosatimiz Kobul ma’muriyati va barcha afg‘on tomonlari bilan tinchlikka erishish hisoblanadi. Ushbu siyosat o‘zgarmadi”, deydi “Tolibon” vakili.

“Tolibon” vakili ularning Afg‘onistonni “bosib olish”ni to‘xtatish va “Islomiy hukumatni barpo etish” haqidagi talablari muhokama qilinmasligini ta’kidladi.

Amerika qo‘shinlar 11 sentyabrga qadar olib chiqilmasa, nima bo‘ladi, degan savolga Shohin “agar ular so‘zlariga sodiq bo‘lsa, bu ularning ishonchliligi va imijiga foyda keltiradi. Agar ular orqaga chekinmasa, kurash davom etadi”, deya javob qaytardi.

Qayd etish kerakki, AQSh o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqishni boshlagandan beri “Tolibon” keskin harakat qilmoqda. Tasdiqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi o‘n kun ichida Afg‘onistonning Tojikiston bilan chegaradosh to‘rt viloyatida hukumat kuchlari va “Tolibon” o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lgan.

Natijada Tahor viloyatining Chaheb, Yangi Kal’a, Darkad, Dashti Qal’a, Xojag‘or tumanlari, Qunduz viloyatining Dashti Archi, Imom Sohib va Qal’ai Zol tumanlari, shuningdek Sherxon-Bandar va Kokul nazorat punktlari “Tolibon” nazorati ostiga o‘tdi. BMT ma’lumotiga ko‘ra, 22 iyun holatiga Afg‘onistonning 50 dan ortiq tumanini egallagan. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан