21 iyun kuni tolibonlar Afg‘oniston va Tojikiston chegarasidagi «Sherxon-Bandar» nazorat o‘tkazish punktini egallashdi, 134 nafar afg‘on harbiylari qo‘shni davlat hududiga chekindi.
Tojikiston va Afg‘oniston chegaralari liniyasidagi vaziyat keskin deb baholanmoqda, Sherxon-Bandar hududida yaralangan, o‘ldirilgan va asirga olingan afg‘on harbiylarining umumiy soni 100 nafarga yaqin.
Sherxon-Bandar Tojikiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi savdo-o‘tish joyi bo‘lib, u orqali Tojikistonning Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyodan, shu qatorda Pokiston va Erondan keladigan bojxona importi o‘tadi.
AsiaPlus nashrining ma’lum qilishicha, vaziyat keskinlashgan taqdirda Tojikiston Afg‘onistondan 10 mingdan ortiq qochqinlarni qabul qilishga tayyor. Ammo hozircha bunday ehtiyoj yo‘q.