Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Afg‘oniston yuz yillik saroydan koronavirus uchun kasalxona sifatida foydalanmoqda
20.04.2020 07:42,  
290

Afg‘oniston hukumati koronavirus bilan kasallanglarni davolash uchun 100 yil oldin qurilgan tarixiy saroydan foydalanishga qaror qildi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Feruziddin Feruz ma’lum qildi deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Rasmiy ochilish marosimi shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Poytaxt Kobuldagi «Dorul omon» saroyi vaqtinchalik 200 o‘rinli shifoxonaga aylantirildi.

Feruzning qayd etishicha, saroyda kasallikning yengil simptomlari bilan og‘rigan bemorlar davolanadi.

Kobuldagi «Dorul omon» saroyi 1920 yillarda Germaniya va Fransiyadan taklif etilgan me’morlar tomonidan qurilgan.

Bir asrlik tarixida saroy Kobul hokimligi, jamoat ishlari vazirligi, mudofaa vazirligi hamda milliy muzey sifatida foydalanilgan.

2005 yildan beri rasmiy hukumat himoyasida.

Hozirda mamlakatda 933 nafar Covid-19 holati rasman tasdiqlangan. Ularning katta qismi Kobul hamda Hirot viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Butunlay sog‘ayib ketganlar soni 112 nafarni tashkil etmoqda.

Afg‘oniston hukumati sog‘liqni saqlash vazirligiga $15 million ajratgan. Shuningdek, Jahon banki tomonidan $100 million mablag‘ ajratish va’da qilingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан