Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Afg‘onistonda aviazarbalar yordamida qariyb 200 nafar «Tolibon» jangarisi yo‘q qilindi
8.08.2021 22:15,  
387

Afg‘oniston shimoli-g‘arbidagi Juzjon viloyatida berilgan aviazarba oqibatida «Tolibon» harakatining qariyb 200 nafar jangarisi, shu jumladan, ularning komandiri ham halok bo‘ldi. Bu haqda Afg‘oniston milliy armiyasining maxsus topshiriqli korpusi 8 avgust kuni xabar bergan.

«Kechqurun (7 avgust kuni) harbiy-havo kuchlari Juzjon viloyati poytaxti Shibirg‘on shahridagi Tepayi Tagishahr tumanida mudofaa va xavfsizlik kuchlariga hujum uyushtirishni rejalashtirgan ‘Tolibon’ jangarilari olomoniga zarba berdi. Dastlabki xabarlarga ko‘ra, 200 ga yaqin terrorchi, shu jumladan, ularning yetakchisi ham o‘ldirilgan», — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, zarba oqibatida 100 dan ortiq mototsikl, katta miqdorda qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar ham yo‘q qilingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан