Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Afg‘onistonda qurbonlar soni rekord darajaga yetdi
18.10.2019 18:58,  
1053

2019 yilda Afg‘onistonda tinch aholi orasida qurbonlar soni keskin ortdi. Odamlar asosan nizolashayotgan tomonlar o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlar tufayli halok bo‘lmoqda va jarohat olmoqda. Bu haqa BMTning Afg‘onistonga ko‘mak missiyasining yangi hisobotida aytib o‘tilgan.

Joriy yilning to‘qqiz oyida Afg‘onistondagi nizo tufayli 2563 kishi halok bo‘ldi va 5676 kishi yaralandi. Shunga o‘xshash holat oxirgi bor 2014 yilda kuzatilgan edi. Mamlakatda oxirgi uch oy, ayniqsa iyul qonli kechdi.

“Tinch aholi o‘rtasida qubonlar soni rekord darajaga yetdi. Bu esa tomonlar tinch aholi himoyasiga ko‘proq e’tibor qaratishi, jumladan harbiy operatsiya o‘tkazish usullarini o‘zgartirishi kerakligini ko‘rsatadi”, – deydi BMTning Afg‘onistonga ko‘mak missiyasi rahbari Tadamichi Yamamoto.

Uning fikriga ko‘ra, tinch aholi qurbon bo‘lmasligining oldini olishning yagona yo‘li bor – o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан