Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Afg‘onistonda «Tolibon» va IShID o‘rtasida to‘qnashuv bo‘lib o‘tdi
3.10.2021 17:54,  
359

Afg‘onistonning Zabul viloyatida IShID terrorchilariga qarshi kurashda «Tolibon»ning kamida 17 nafar a’zosi halok bo‘ldi. Bu haqda Kobul News telekanaliga tayanib, «Korrespondent.net» xabar berdi.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, IShID jangarilari pistirma uyushtirgan, to‘qnashuvda ulardan uch kishi halok bo‘lgan.

«Xama Press» xabar berishicha, «Tolibon» ketma-ket portlashlar va qurolli hujumlar tufayli Nangarhor viloyatida, shuningdek, viloyat poytaxtida IShID jangarilariga qarshi operatsiya boshlanganini e’lon qilgan. IShIDning Xurosondagi bo‘linmasi ushbu hodisalarning bir qismi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan.

26 avgustda Kobul aeroporti yaqinida ikkita portlash sodir bo‘lgandi. Hodisa oqibatida kamida 170 kishi halok bo‘ldi. Hujum uchun javobgarlikni IShIDning Afg‘onistondagi bo‘linmasi o‘z zimmasiga oldi: bo‘lim Afg‘onistonda rasman 2015 yilning boshida «Viloyati Xuroson» nomi bilan paydo bo‘lgan.

AQSh prezidenti aeroport yaqinida hujum uyushtirgan odamlar qidirib topilishi va bunga javob berishini aytdi. «Biz kechirmaymiz va unutmaymiz. Biz sizni qidirib topamiz va javob berishga majbur qilamiz», — dedi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан