Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Afg‘onistonda yana uchta koronavirus yuqtirish holati qayd etildi
7.03.2020 17:40,  
425

7 mart, shanba kuni, Afg‘onistonda koronavirusni yuqtirib olgan bemorlar soni 4 nafarga yetdi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qildi deb xabar beradi Reuters.

“Yana 3 ta holat Hirot viloyatida qayd etildi”, — dedi Afg‘oniston SSV matbuot kotibi Vohidulloh Mayar.

Hirot g‘arbda koronavirusning Xitoydan tashqaridagi eng yirik epidemiya markazlaridan biri bo‘lgan Eron bilan chegaradosh. Hozirda Fors o‘lkasida  koronavirus bilan bog‘liq 4000 dan ortiq holat qayd etilgan. Ulardan 124 tasi o‘lim bilan yakunlangan.

Mayar Afg‘onistonning Eron bilan chegarasi zaifligidan xavotir bildirdi. Millionlab afg‘onlar qo‘shni mamlakatda yashab, ishlaydilar va ko‘plari mamlakatga qaytish uchun ortib borayotgan siyosiy va iqtisodiy tazyiqlarga duch kelmoqdalar.

Bemorlar koronavirusni yuqtirgan yoki yuqtirmaganligini tekshirish yillar davomida to‘qnashuvlar natijasida iqtisodiy talofatlar ko‘rgan afg‘on sog‘liqni saqlash tizimiga jiddiy zarar yetkazyapti. Virusni aniqlaydigan test o‘tkazish xarajati bitta bemorga $320 ni tashkil etmoqda.

Mavzuga doir: O‘zbekiston Turkiyadan koronavirusni ikki soatda aniqlab beradigan qurilmalarni xarid qiladi

Afg‘oniston kasalliklarni nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i Said Ataulloh Saidzayning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus testlari Niderlandiyaga yuboriladi va o‘sha yerda tekshirtiriladi. Mamlakat bo‘ylab karantin markazlari tayyorlangan.

Hirotdan tashqari yana olti viloyatda koronavirus yuqtirgan bemor bo‘lish ehtimoli mavjud.   

Mavzuga doir: Koronavirus O‘zbekistonning janubiy chegaralariga qadar yetib keldi — Hirotda favqulodda holat

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан