Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Afg‘onistonga qo‘shni mamlakatlar maxsus vakillarining («Guruh-6») onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
6.09.2021 17:02,  
111

2021 yilning 5 sentyabr kuni Pokiston tomonining tashabbusi bilan O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Pokiston, Eron va Xitoyning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakillari virtual shaklda muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda TIV xabar berdi.

Tomonlar afg‘on inqirozini tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha mintaqaviy sa’y-harakatlarni birlashtirish, tez fursatlarda mamlakatda keng vakillik asosida inklyuziv hukumat tuzish, inson huquqlari, jumladan, ayollar va milliy ozchilik huquqlarini ta’minlash muhimligini ta’kidladilar.

Toliblar tomonidan Afg‘onistonda xalqaro terroristik tashkilotlar faoliyatiga hamda ushbu mamlakat hududidan qo‘shni davlatlarga har qanday tahdidlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarish muhimligiga e’tibor qaratildi.

Afg‘onistonga har tomonlama ko‘maklashish, xususan, pandemiya davrida insonparvarlik yordami ko‘rsatish va oziq-ovqat inqiroziga yo‘l qo‘ymaslik borasidagi chora-tadbirlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан