Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Afrika janubida rekord: minus 9,9 daraja sovuq qayd etildi
25.07.2021 22:48,  
302

Hozirda qish fasli hukm surayotgan Janubiy Afrika Respublikasining markaziy qismida rekord darajada past harorat qayd etildi, deb xabar berdi SABC radiostansiyasi.

Sinoptiklarning ma’lumotlariga ko‘ra, 24 iyulga o‘tar kechasi mamlakatning 19 hududida eng past harorat qayd etilgan. Kimberli shahri va uning atrofida harorat minus 9,9 darajani tashkil etgan. Bu JARdagi meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng past harorat hisoblanadi.

Yohannesburgda havo harorati minus 7 darajaga teng bo‘lgan. Avvalgi rekord 1995 yil 19 iyulda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda - 6,3 daraja sovuq bo‘lgan.

JARning turli hududlarida ilk marta qor yog‘di. Ko‘plab avtomobil yo‘llari muzlama sababli yopilgan.

Sovuq ob-havo yana bir hafta hukmronlik qilishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан