Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Afsonaviy Boeing 747 ishlab chiqarishdan olindi
3.07.2020 21:20,  
307

Boeing 50 yildan ortiq vaqt davomida ishlab chiqarib kelingan afsonaviy Boeing 747 keng korpusli samolyoti ishlab chiqarishni to‘xtatdi. Bu haqda Bloomberg nashri o‘z manbalariga tayangan holda xabar bermoqda. Eng oxirgi model Boeing 747-8 yana ikki yil davomida yig‘iladi.

Aviatsiya ixlosmandlari uzoq vaqtdan beri qo‘rqib kelayotgan bu lahzalar to‘rt motorli avialaynerlar davrining tugashini anglatadi. Fransiyaning Airbus'i ham A380 gigantini ishlab chiqarishni qisqartirmoqda.

Uzoq vaqt davomida afsonaligi hamda imijga qaramay, Boeing 747 ham ishlab chiqaruvchilar, ham operatorlar uchun tijorat sohasida muvaffaqiyatli bo‘lgan loyihani to‘xtatdi va so‘nggi yillarda u tobora yuk tashish bilan shug‘ullanmoqda. Faqatgina iqtisodiy tarafga qarasak: Boeing 777 kabi uzoq masofaga mo‘ljallangan laynerlar kilometraj jihatdan ham, kerosin sarfi jihatdan ham "otaxon Boeing" ni ortda qoldiradi. Eng so‘nggi yig‘ilgan Boeing 747 samolyotlarini sotish koronavirus pandemiyasi tufayli murakkablashdi.

"Sizga juda katta samolyot kerak bo‘lgan yo‘nalishlar nihoyatda kam", - deydi Bloomberg tahlilchisi Som Tusa.

"Osmon malikasi" deb nomlangan Boeing 747 1970 yilda debyut qilgan - layner aviaparvoz g‘oyasini o‘zgartirdi. Samolyotning yo‘lovchi tashish versiyalarida ikkinchi qavatdagi hashamatli palubaga spiral narvon qo‘yilgan edi. Yuk tashuvchi variantlarida esa burg‘ulash qurilmalarigacha samolyotga osonlikcha kirish uchun yuk tashuvchi burunlari bor edi.

Boeing shu vaqtgacha 1571 ta ushbu rusumdagi samolyotlarni yetkazib bergan, bu savdo hajmi bo‘yicha Boyeing 777'dan keyin ikkinchi o‘rinda turadi, ammo Jeffiries tahlilchisi Sheyli Kaxyaogluga ko‘ra, 2016 yildan beri kompaniya 747'ning har birida 40 million dollar yo‘qotgan, ishlab chiqarish hajmi esa yiliga oltitaga tushib ketgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан