Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Afsuski, oramizda bosh bilan qo‘lning farqiga bormaydigan professionallar bor". "So‘g‘diyona" va "Turon" o‘yini keskin tanqidlarga sabab bo‘lmoqda
15.03.2021 10:57,  
487

Kecha, O‘zbekiston Super ligasining 2-turida Jizzaxning "So‘g‘diyona" hamda xususiy jamoa — Yaypanning "Turon" jamoalari o‘rtasidagi bahsda 1:0 hisobida "So‘g‘diyona" g‘alaba qozondi. 

Ijtimoiy tamroqlarda shu kunning o‘zida o‘yin nohaqliklar ostida o‘tgani, hakamlarning ayrim noxolis qarorlari haqida turli tanqidlar paydo bo‘ldi. Dastlab, o‘yindan so‘ng "Turon" bosh murabbiyi Islom Ismoilov bu borada intervyu berdi:

"Avvalo "So‘g‘diyona"ni g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yinga keladigan bo‘lsak, «Turon»ning aybi Superligaga chiqqanimi? Yoki hakamlarga pul bilan chiqmayotganimi? Hozirgi o‘yinni butun O‘zbekiston ko‘rdi: to‘p futbolchining boshiga tegganiga hakam penalti belgilayapti. O‘shalar, ana, kiyinish xonasiga kirib ko‘rsin, futbolchilar yig‘lab o‘tiribdi. Bularga qachon chora ko‘riladi? Qachongacha bu narsalarga chidash mumkin? Tozalaymiz deyishyapti, shumi tozalgani? Shumi? Futbol yo‘q. Faqat hushtak, faqat hushtak! Qachongacha? Kim bularga chora ko‘radi. Bu yerda 70-80 kishi oilasini boqaman deb ezilib ketyapti. Shumi O‘zbekistonda adolat? Qani adolat? Biz halol o‘ynayapmiz, hakamlarga pul bilan chiqmayapmiz. Bir so‘m pul bilan chiqmasangiz, “kallangizni kesib tashlashyapti”. Bunga kim, qachon chora ko‘radi? Mayli, meni futboldan butun umr olib tashlasa, olib tashlayversin. Lekin kimdir oxirigacha qarshi kurashishi kerak", - kabi achchiq gaplarni gapirdi "Turon" klubi bosh murabbiyi. 7

Ijtmoiy tarmoqlarda blogerlar tomonidan ham fikr-mulohazalar bildirlmoqda. Xususan, bloger Bahodir Ahmedov Rashan Ermatov va Diyor Imomxo‘jayevdan najot kutgan.

"Turon o‘yinidagi hakamning ochiq va qo‘pol xatolari. O‘zbekiston Futbol federatsiyasidan izoh kutamiz. Jismoniy tarbiya va sport vazirligidan ham munosabat bildirishi va chora ko‘rishi lozim. Axir, u yerda Ravshan Ermatov bor-ku. Futbol islohtalab holda. Diyor Imomxo‘jayevdan ham tashabbus kutamiz!- deya izoh qoldirgan Bahodir Ahmedov.

PFL rahbari Diyor Imomxo‘jayev ham o‘z munosabatini qisqa ma’lum qildi:

"Coca-Sola Superligada VAR ishlaydigan o‘yinlar sonini ko‘paytirish ustida ishlaymiz.  

Keyingi safarimiz birinchi galda Yaypanga bo‘ladi. Boisi Turon bugun hakamlikdan aziyat chekkan bo‘lsa, bir necha oydan buyon soliq organlari sabab aziyat chekmoqda. Bu ketishda misqollab yig‘ayotgan xususiy klublarimizni ham yo‘qotib qo‘yishimiz mumkin.  

Biz bir yil avval o‘xshash mavzu yuzasidan Turon bilan birgalikda sudda yonma-yon ishtirok etgandik. Bundan keyin ham Turon, Andijon, Yangiyer, Istiqlol kabi klublarni qo‘limizdan kelganicha himoya qilamiz. Aynan shunday klublar futbolimiz ertasini belgilab berishi mumkin.  

Turon katta futbol uchun katta chiqim qildi. Uning boshqaruvida bu kabi muammolarga tayyor insonlar bor. Biz shunday muammolardan keyin qo‘l siltab ketishimiz emas, ularga qarshi birga kurashishimiz kerakligini ular yaxshi tushunib turishibdi", - deya munosabat qilgan va qo‘shimcha: 

"Afsuski, oramizda bosh bilan qo‘lning farqiga bormaydigan professionallar ham bor", - deya yozib qoldirgan PFL rahbari.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан