Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Agar sinfda koronavirus aniqlansa, qanday chora ko‘riladi?
3.09.2020 14:00,  
356

AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva muhim savollar yuzasidan javob qaytardi.

— Agar sinfda koronavirusga chalingan bola aniqlansa va bu tahlillarda tasdiqlansa, qanday chora ko‘riladi?

— Agar guruhda bir o‘quvchida koronavirus alomatlari yoki umumiy shamollash alomatlari paydo bo‘lsa maktab tibbiy xodimi:

- tibbiy xonaga alohidalaydi;

- o‘quvchidan test olinadi va agarda u tasdiqlansa, Oilaviy poliklinika umumiy amaliyot shifokori va pediatriga xabar beriladi. 

- bu bolaning salomatligi shifokorlar tomonidan o‘rganiladi hamda  kasallik kechuviga qarab shifokor nazoratida uy sharoitida davolanadi.

Lekin bolaning salomatlik holati kasallikni o‘rta va og‘irroq kechuviga mos kelsa, shifoxonaga yo‘naltiriladi va bola maxsus shifoxonada davolanishi kerak.  

Shuningdek, kontaktda bo‘lgan sinfdagi boshqa o‘quvchilarni hammasidan test olinadi hamda  14 kun karantin nazoratida bo‘lishadi. 

4 kun davomida bolalarda kasallik alomati paydo bo‘lsa poliklinika oilaviy shifokori va pediatri nazoratiga olinadi. Uy sharoitida davolash olib boriladi.

Kasallik alomatlari paydo bo‘lmasa karantinning 12-14 kunlarida qayta test topshiriladi.

— O‘quvchi koronavirus infeksiyasi bilan kasallanib tuzalgan bo‘lsa maktabda qayta zararlanmaydimi?

— O‘quvchi koronavirusdan sog‘aygan bo‘lsa oilaviy shifokor yoki oilaviy poliklinika pediatirdan muolaja natijalari to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etishi lozim.

Tibbiy ma’lumotnomada qondagi M va G immunoglobulinlarni aniqlash bo‘yicha tekshirish natijasi ko‘rsatilishi kerak. 

Agar G  immunoglobulin M immunoglobulinga nisbatan yuqori ko‘rsatkichda bo‘lsa bola kamida 6 oy mobaynida virusdan himoyalanganini anglatadi, ya’ni organizmda himoya anitanachalari mavjud.

Biroq bu boshqa infeksiya kasalliklaridan himoya qilmaydi, shuning uchun doimiy niqob taqish, masofa saqlash va qo‘llarni muntazam yuvish himoyalanishga yordam beradi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан