Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Aholi orasidan chiqayotgan kasallar 100% karantinga olinyaptimi?
8.06.2020 14:20,  
636

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidlemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Unda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

— Aholi orasidan chiqayotgan kasallar 100% karantinga olinyaptimi? «Simptomsiz» kasallik qanday aniqlanmoqda?

— Aholi orasidan chiqqan bemorlar, epidemiologik surishtiruv natijalariga ko‘ra, birlamchi muloqotda bo‘lgan shaxslar  karatinga olinadi, ikkilamchi muloqotdagi shaxslar — uy sharoitida 14 kun izolyasiya qilinadi.

Ichki ishlar vazirligi tomonidan uy sharoitida (o‘z yashash uyi, mehmonxona, yotoqxona va boshqalar) karantin ostida tibbiy nazoratda bo‘lgan shaxslar 14 kunlik karantin tartiblariga rioya etishlari ustidan nazorat o‘rnatiladi.

— Chet eldan kelgan fuqarolarning yuklarida ham kasallik bo‘lishi mumkin. Ularni nima qilishadi?

— Chet eldan kelgan fuqarolarimiz karantinga olingan vaqtda ularning yuklari qanday yuk turiga kirishidan qat’iy nazar 100% zararsizlantiriladi.

— Ishxonada ish kabinetida konditsioner orqali yuboriladigan havodan kasallik tarqalishi mumkinmi?

— Markazlashgan umumiy konditsionerlar orqali virus havo orqali yuqishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан