Aholi orasidan yana 17 kishida koronavirus aniqlandi

Aholi orasidan yana 17 kishida koronavirus aniqlandi

2020 yil 9 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4520 (+38) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 8 nafari Karantin muassasalarida, 13 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashinalar haydovchilari va 17 nafari esa aholi  orasida qayd etildi. Hozirda ushbu holatlar bo‘yicha epidemiologik surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Ayni paytda yurtimizda 3459 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (76 foizi) sog‘aydi. 

Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 1043 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo muolajalari ko‘rsatilmoqda.