Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Aholi va hokimlik o‘rtasidagi tushunmovchilikni hal qilish uchun bosh vazir Xorazmga bordi
27.07.2019 19:47,  
43

Prezident Shavkat Mirziyoyev Urganch shahri Ashxobod ko‘chasida istiqomat qilgan aholi va shahar hokimligi o‘rtasida kelib chiqqan tushunmovchilikni joyiga chiqib o‘rganish, tahlil qilish va ijobiy hal etish uchun bosh vazirga topshiriq bergan. Bu haqda Telegram’dagi @davletovuz kanali xabar bermoqda.

Ma’lum qilishlaricha, hukumat umuman joylarda obodonlashtirish ishlari, jumladan, buzilishlar yuzasidan bir guruh deputatlar tomonidan yuborilgan so‘rovni o‘rganib chiqmoqda, qonunchilikda belgilangan tartibda deputalarga va jamoatchilikka bu haqda qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Avvalroq O‘zbekiston bo‘ylab kuzatilayotgan ommaviy buzish ishlari yuzasidan deputatlar guruhi, adliya vaziri, shuningdek, «Yuksalish» umummilliy harakati bayonot berib, aholi va hokimiyat vakillari o‘rtasidagi ziddiyatlardan xavotir bildirgan edi.

Qayd etish joiz, so‘nggi vaqtlarda Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida ko‘chmas mulk ob’yektlarini buzish vaqtidagi aholining keskin noroziligi bilan bog‘liq hodisalar yuz berdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан