Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Aholiga xavotirlanishga o‘rin yo‘q, deya olmaymiz» - Toshkent viloyati SSB boshlig‘i
22.03.2021 13:19,  
300

Toshkent viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i To‘raqul Orziqulovning xabariga ko‘ra, viloyatda 2020 yil 15 martdan beri 130 nafar bemor vafot etgan, hozirgacha 15 681 nafar bemor sog‘ayib chiqqan. 

“Afsuski, joriy yilning 14 mart kuni COVID-19 bilan kasallangan bemorlar 12 nafar, 15 mart kuni 4 nafar, 16 martda 18 nafar, 17 martda 8 nafar, 18 martda 13 nafar, 19 martda 10 nafar bemor aniqlandi. Ayni paytda 7 nafar koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemor "Zangiota-1" va "Zangiota-2" ko‘p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Qolgan 93 nafar bemorga uy sharoitida davolanish tavsiya etilgan bo‘lib, ular shifokorlarning doimiy nazoratida”, deydi To‘raqul Orziqulov.

Qayd etilishicha, koronavirus infeksiyasi yuqtirganlikda gumon qilingan va bemorlar bilan kontaktda bo‘lgan fuqarolar uchun 60 mingdan ortiq dori to‘plamlari mavjud.

“Shahar va tumanlar kesimida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, 6 kun mobaynida Toshkent va Qibray tumanlarida 14 nafar, O‘rta Chirchiq tumani va Nurafshon shahrida 5 nafar, Chirchiq shahrida 9 nafar, Zangiota tumanida esa 4 nafar fuqaroda koronavirus aniqlangan.

Shuni ham aytish kerakki, viloyat bo‘yicha o‘tgan yilgi tajribadan so‘ng, bemorlarni yotqizish uchun jami 970 o‘rin, jumladan, birinchi bosqichda 340 o‘rin, ikkinchi bosqichda 470 o‘rin, uchinchi bosqichda 160 zaxira o‘rin tayyor holga keltirilgan. O‘rinlarning 315tasi kislorod nuqtalari bilan ta’minlangan. 

Bundan tashqari, COVID-19 kasalligini boshidan o‘tkazgan fuqarolar uchun tibbiyot muassasalarida 330ta reabilitatsiya o‘rinlari mavjud. Kasallarni davolash uchun ishlatiladigan 49 turdagi jami 2 mlrd 908 mln so‘mlik dori vositalari zaxirada turibdi.

Aholiga esa xavotirlanishga o‘rin yo‘q, deya olmaymiz. Chunki beparvolik, xotirjamlik infeksiyaning yanada tarqalishiga olib kelishi mumkin. Karantin yumshatilgan, lekin bekor qilingani yo‘q. Shuning uchun, fuqarolardan niqob taqib yurish, antiseptik vositalardan foydalanish, joylarda odamlar orasida masofani saqlash talab etiladi. 

Shu o‘rinda, jamoatchilik vakillaridan, ayniqsa, mahalla, maktab, bog‘cha va boshqa muassasalar rahbarlaridan koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish uchun o‘z nazorati ostidagi joylarda e’tiborni yana bir karra oshirishni so‘rar edik. Kirish joylarida dezinfeksiya, tana haroratini o‘lchab ko‘rish ishlari davom etishi kerak”, deyiladi viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining xabarida.

Avvalroq, 19 mart kuni 2021 yildagi antirekord qayd etilgani, 126 kishida koronavirus aniqlangani ma’lum qilingandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан