Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun ajratilgan 493,8 mln so‘m “arra” bo‘ldi
6.04.2021 13:43,  
258

Toshkent viloyatida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun ajratilgan mablag‘larni talon-toroj qilgan MChJ rahbarlari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod tuman bo‘limi tergovga qadar tekshiruvlar o‘tkazgan.

Aniqlanishicha, Angren, Nurafshon, Olmaliq shaharlari, Piskent, O‘rtachirchiq va Yangiyo‘l tuman aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash yuzasidan “Suvoqova” DUK Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi bilan 6 ta MChJ o‘rtasida tuzilgan pudrat shartnomalariga asosan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha tuzilgan hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritilgan. Natijada amalda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali jami 493,8 mln so‘m byudjet mablag‘lari talon-toroj bo‘lgan.

Mazkur holatlar yuzasidan jamiyat rahbarlari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish), 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atgan.

Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан