Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinadi
27.02.2020 19:42,  
327

Bugun 27 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda qatnashgan Sof.uz muxbirining xabar berishicha, Qo‘mita a’zolari “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini dastlabki tarzda ko‘rib chiqdi.

Qonun davlat statistika qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan ishlab chiqilgan. Unda aholini ro‘yxatga olish, respondentlar, ro‘yxatga olish hujjatlari va uy xo‘jaligi kabi asosiy tushunchalarning mazmuni ochib berilmoqda. Shuningdek, Davlat statistika qo‘mitasi aholini ro‘yxatga olish sohasida maxsus vakolatli davlat organi etib belgilanmoqda. Bundan tashqari, davlat organlarining aholini ro‘yxatga olish sohasidagi vakolatlari belgilanmoqda. Qonunga ko‘ra, aholini ro‘yxatga olish o‘n yilda kamida bir marta o‘tkazilishi nazarda tutilmoqda.

Mutaxassislarning fikricha, ushbu hujjat aholini ro‘yxatga olish orqali demografik, iqtisodiy va ijtimoiy ma’lumotlarni yig‘ish va prognoz ko‘rsatkichlarni hisoblash uchun ishonchli manba bo‘ladi va hududlarni rivojlantirishda qarorlar qabul qilish uchun zarur ma’lumotlarni olish imkonini beradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан