Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda qanday ishlar amalga oshirilyapti?
11.12.2021 17:13,  
51

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar “Mamlakatimizda aholining sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsuloti bilan ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi Qonunchilik palatasining parlament so‘roviga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i B.Yusupaliyevning javobi atroflicha ko‘rib chiqildi.

Parlament so‘roviga kelgan javobda qayd etilganidek, keyingi yillarda yurtimizda oziq-ovqat xavfsizligi va aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsuloti bilan ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, sohaning tashkiliy-xuquqiy asoslari umummilliy xavfsizlik prinsiplari va xalqaro normalar asosida qayta shakllantirildi, mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish maqsadida davlat dasturlari qabul qilindi.

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini me’yorlash doirasida Sog‘likni saqlash vazirligi tomonidan 2017-2021 yillarda 21 ta sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari ishlab chiqib tasdiqlandi.

Respublika bo‘yicha ta’lim muassasalari xodimlarini ishlab chiqarish sanitariyasi va gigiyenik o‘qitish yuzasidan Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi hududiy bo‘linmalari tomonidan 2021 yilning 9 oyi mobaynida 35413 nafar maktabgacha ta’lim tashkiloti va 10210 nafar ta’lim muassasasi xodimlari sanitariya minimum kurslarida o‘qitildi. Sanitariya-epidemiologiya xizmatining akkredetatsiyadan o‘tgan 28 ta organi tomonidan 2021 yilning 9 oyida 47289 ta, shu jumladan oziq-ovqat mahsulotlariga 20334 ta (shundan import mahsulotlar 15925 ta) sanitariya epidemiologik xulosalar rasmiylashtirib berildi.

Shu bilan birga, sanitariya-epidemiologiya xizmati va uning tizimidagi 26 ta organ “Yagona darcha” bojxona axborot tizimiga ulandi. Ushbu tizim orqali 2020 yilning 1 yanvardan boshlab respublikadan eksport va yurtimizga tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari tomonidan import qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlariga, ularni ishlab chiqarish vositalariga va xalq iste’moli mollariga sanitariya epidemiologik xulosa rasmiylashtirib berish elektron tizim orqali amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yildi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i ta’kidlaganidek, ta’lim muassasalarida ovqatlanishni tashkil etish tizimlarini tartibga solish va takomillashtirish maqsadida respublikaning turli viloyatlari va Qoraqalpog‘istondagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yil davomida o‘rtacha sutkalik bolalar ratsionida bo‘lishi tavsiya etilgan 24 ta oziq-ovqat mahsulotlarining mavjudligi o‘rganildi. Natijada ratsionda 13 oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha kamomad borligi aniqlandi va ularni to‘ldirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Shuningdek, umumta’lim muassasalarida ruxsat etilmaydigan oziq-ovqat mahsulotlari hamda taomlar ro‘yxati ishlab chiqildi va maktab rahbarlariga hamda maktab oshxonalarini ijaraga olgan autsorserlarga yetkazildi.

Umumta’lim o‘quv muassasalari atrofida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tmagan, xavfsizligi qafolatlanmagan, noma’lum sharoitda tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari, tayyor taomlar, shirinliklar va ichimliklarning sotilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida barcha maktab rahbarlariga tanaffus paytlarida maktabga kirish joylarida o‘qituvchilar va qo‘riqlash xizmatining navbatchiligini tashkil etish, o‘quvchilarni tashqariga chiqarmaslik to‘g‘risida ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Majlisda parlament so‘roviga yuborilgan javob ma’lumot uchun qabul qilindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан