Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Aholining 80%da COVID-19 simptomlarsiz, yengil holatda o‘tadi — Barno Odilova
22.07.2020 20:52,  
1279

— Koronavirusning yengil kechuvida dori vositlarisiz davolash bilan organizm kasallikni o‘zi yengib chiqishi mumkinmi?

Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Odilova javob berdi:

— Ha, shunday ham bo‘lishi mumkin. Aniq ma’lumotlarga ko‘ra, kontaktda bo‘lgan aholining 80%da kasallik simptomlarsiz deyiladigan yengil kechuvida o‘tadi. Mazkur bemorlarda immun tizim yaxshi rivojlangan va yaxshi faoliyat yuritadi.  

Bu holatlarda immun tizimni qo‘llab turish maqsadida, shaxsiy gigiyena qoidalariga va karantin talablariga rioya qilish o‘ta muhim hisoblanadi. Ya’ni, bu – tomoqni tez-tez turli eritmalarda chayib turish (kuniga 8 martadan kam bo‘lmagan holda) bir kunga kamida 3-4 litr suyuqlik ichish, sog‘lom ovqatlanish, ovqat ratsionida meva va sabazvotlar iste’mol qilish, S-vitaminiga boy mahsulotlarni – limon, na’matak, malina-choylarni ichish, bulg‘or qalampiri, piyoz va ko‘katlar iste’mol qilish juda muhim. Shu bilan birga, tez-tez nafas gimnastikalari, yengil yurish va  boshqa mashqlarni bajarib turish tavsiya etiladi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан