Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Aholining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash bo‘yicha prezident qarori imzolandi
11.11.2020 12:40,  
378

Prezident “Aholining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA’da e’lon qilindi.

Aholi salomatligini ta’minlash bo‘yicha shunday tartib o‘rnatiladiki, unga ko‘ra:

a) 2021 yil 1 iyundan boshlab:

6-23 oylik bolalar uchun uy sharoitida tayyorlangan ovqatlarni boyitish maqsadida mikronutriyent kukuni bilan;

6 oylikdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar “A” vitamini bilan;

2-10 yoshdagi bolalar gelmintoz profilaktikasi bo‘yicha maxsus preparatlar bilan bepul ta’minlanadi;

b) 2022 yil 1 iyuldan boshlab:

homilador va bola emizuvchi ayollar hamda 3-15 yoshdagi bolalar yod preparati bilan;

35 yoshgacha tug‘ish yoshidagi ayollar temir va foliy kislotasi preparati bilan bepul ta’minlanadi;

v) 2021 yil 1 apreldan boshlab birinchi nav bug‘doy uni bilan bir qatorda oliy nav bug‘doy uni mikronutriyentlar bilan boyitilgan taqdirda respublika hududida realizatsiya qilishga ruxsat etiladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan aholini sog‘lom turmush tarziga undovchi “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi ishlab chiqilmoqda.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mazkur platformani ishlab chiqishda Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda unda, jumladan, insonning tana vazni indeksini hisoblash, uning hayot tarzini hisobga olgan holda kunlik ovqatlanish me’yorini tavsiya etish hamda iste’mol qilinayotgan taom, oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklarning kaloriyasini hisoblash imkonini beruvchi to‘g‘ri ovqatlanish bo‘limini yaratadi.

Bolalarning 5 yoshgacha bo‘lgan davrda optimal rivojlanishi va o‘sishini ta’minlash maqsadida quyidagilarni nazarda tutuvchi patronajning universal-progressiv modeli 2022 yil 1 yanvarga qadar bosqichma-bosqich joriy etiladi:

homilador va tug‘ruqdan keyingi davrdagi ayollar hamda 5 yoshgacha bolalari mavjud oilalar uchun amaldagi shtatlar doirasida alohida patronaj hamshirasini biriktirish;

ushbu patronaj hamshirasi tomonidan umumiy holati qoniqarli va xavf guruhidagi aholini aniqlash hamda ular sog‘lig‘ining umumiy holatini differensiallashgan yondashuv asosida kuzatib borish;

umumiy holati qoniqarli bo‘lgan barcha homilador va tug‘ruqdan keyingi davrdagi ayollar hamda 5 yoshgacha bolalari mavjud oilalarni yagona me’yor asosida bevosita kuzatish;

ruhiy tushkunlik holati, bolaning to‘g‘ri ovqatlanishi va rivojlanishi uchun sog‘lom muhitni ta’minlashda qiyinchiliklari mavjud xavf guruhidagi homilador va tug‘ruqdan keyingi davrdagi ayollar hamda 5 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarning har biriga individual reja asosida kengaytirilgan yordam ko‘rsatish.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан