Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ahvol jiddiy — Pekinda Covid-19 tufayli harbiy holat e’lon qilindi
16.06.2020 07:30,  
873

O‘tgan hafta Pekindagi yirik ulgurji bozor "Sinfadi"da koronavirusning yangi o‘chog‘i topilgandan keyin shahar ma’murlari Xitoy poytaxtida" harbiy holat" rejimini joriy qildi, deb xabar beradi South China Morning Post. 

Cheklovlar shaharning 7120 ta mittitumanlarida qo‘llaniladi. Joriy etilgan rejimga ko‘ra, aholiga mittituman bo‘ylab harakatlanish taqiqlangan, maktablar va sport inshootlari bir muncha vaqt yopiq bo‘ladi. Jamoat joylarida shahar aholisi harorati o‘lchanadi.

Pekin ma’murlari koronavirus tarqalish xavfi yuqori ekanligini tan olishdi. So‘nggi to‘rt kun ichida shaharda 79 ta yangi mahalliy holat qayd etildi, shulardan 36 tasi dushanba kuni. Bu fevral oyidan beri rekord darajadagi holat. Pekindagi pandemiya boshlangandan beri 673 ta holat qayd etilgan: ulardan 584 tasi tuzalib, 9 nafari vafot etgan.

Tadqiqotchilarga ko‘ra, infeksiya bozorga import qilingan muzlatilgan go‘sht yoki Yevropadan olib kelingan losos balig‘i orqali kirib borishi mumkin. Shundan so‘ng, mahsulotni qo‘li bilan ushlagan odamlar koronavirus yuqtirib olgan. Ushbu versiya hali yakuniy tasdiqlangani yo‘q.

30 maydan beri bozorga tashrif buyurgan har bir kishi sinovdan o‘tishi rejalashtirilgan, shu vaqt ichida ular uyda 14 kunlik karantinda bo‘ladi. Bu taxminan 200 ming kishini tashkil etadi.

Xitoydagi megapolisda Covid-19 tufayli harbiy holat e’lon qilindi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан