Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AI-80 markali avtomobil benzinining narxi tushdi
18.05.2021 17:11,  
1701

"O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi"da avtomobil benzinining narxi biroz pasaydi. Narxlarning pasayishiga sotuvchi-korxonalar tomonidan boshlang‘ich narxlarning pasaytirilganligi o‘z ijobiy ta’sirini o‘tkazdi.

Xususan, ko‘rib chiqilayotgan davrda sotuvchi-korxonalar AI-80 markali avtomobil benzinining boshlang‘ich narxlarini mahsulotning bir tonnasi uchun o‘rtacha 6 677,7 ming so‘mdan 6 641,7 ming so‘mgacha pasaytirishdi.

Shu munosabat bilan, AI-80 markali avtomobil benzinning o‘rtacha kunlik narxi ham mos tarzda 6 691,9 ming so‘mdan 6 683,5 ming so‘mgacha pasaydi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil benzinning o‘rtacha haftalik kotirovkasi 6 676,4 ming so‘mni, AI-91 – 7 692,9 ming so‘mni tashkil etdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан