Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AI-80 markali benzin ishlab chiqarishdan butunlay voz kechiladi
1.06.2020 16:18,  
836

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev va «Ishchi guruh» a’zolari Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga tashrif buyurib, zavod mutaxassislari hamda zavodni modernizatsiya qilish va rekonstruksiya qilish loyihasini amalga oshiruvchi guruh bilan uchrashdi. Bu haqda «O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif davomida Buxoro neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilish va rekonstruksiya qilish loyihasini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Ma’lum qilinishicha, zavodni modernizatsiya qilish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish natijasida AI-91, AI-93, AI-95 markali yuqori oktanli benzin ishlab chiqarish va AI-80 markali benzin ishlab chiqarishdan butunlay voz kechish, shuningdek Yevro-5 talablariga javob beradigan dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarishga o‘tish kutilmoqda.

Foto: «O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmati

Shuningdek, boshqaruv raisi va «Ishchi guruh» a’zolari tashrif davomida zavodning asosiy ishlab chiqarish ob’yektlarini ko‘zdan kechirishdi va rejalashtirilayotgan yangi texnologik qurilmalarning qurilishi joyi bilan tanishdi.

Tashrif yakunida investitsion loyihani bosqichma-bosqich amalga oshirish uchun taqdimotni tayyorlab topshirish, shuningdek, FEED loyihasini, shu jumladan investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun imtiyozli kredit shartlari bo‘yicha takliflarni o‘rganish va joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berildi (uzoq muddat uchun eng past foiz bilan).

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан