Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Airbus kompaniyasi to‘kilgan ichimlik tufayli A350-900 samolyot dvigatelining ishdan chiqishi bo‘yicha tergov boshladi
31.01.2020 18:35,  
365

Markaziy panelga to‘kilgan ichimlik tufayli Airbus kompaniyasi A350-900 samolyot dvigatelining ishdan chiqishi bilan bog‘liq ikkita holat bo‘yicha tergov boshladi. Nima uchun suyuqlikning aynan bunday ta’sir qilganligi hozircha noma’lum, deb yozadi Flightglobal.

Birinchi voqea 2019 yil 9 noyabr kuni qayd etilgan. Parvoz paytida o‘ng dvigatel kutilmaganda o‘chib qolgan. Parvozlarni kuzatish tizimlarining ma’lumotlariga ko‘ra, bunga samolyotning asosiy boshqaruv panelidagi buyruqlarga zid bo‘lgan bo‘ysunmaslik holatlari yuz berdi. Bir soat oldin uchuvchilardan biri uning ustiga choy to‘kib yubordi.

Voqea sodir bo‘lgan aviakompaniyaning nomi oshkor etilmayapti. 

Ikkinchi voqea, Delta Air Lines aviakompaniya samolyoti 2020 yil 21 yanvarda Seulga parvoz etayotgan paytda qayd etildi.

Bu holda esa, markaziy panelga to‘kilgan qahva tufayli boshqaruv tizimida qisqa tutashuv natijasida o‘ng dvigatelning ishlamay qolishi yuzaga keldi.

Ikkala holatda ham uchuvchilar bitta dvigatel bilan samolyotni muvaffaqiyatli qo‘ndirishga muvaffaq bo‘lishdi. Yo‘lovchilarning hech biri jabrlanmadi.

Hodisalardan keyin laynerlar ta’mirlandi, ammo nosozlik sababi hozircha aniqlanmagan.

Hozirda Airbus kompaniyasi Britaniyaning Rolls-Royce kompaniyasining muhandislari hamkorligida sodir bo‘lgan voqealarni tekshirmoqda.

Eslatib o‘tamiz avvalroq, Rolls-Royce kompaniyasi Angliyaning Glostershir ayeroportida soatiga 480 km tezlikda harakatlanadigan ACCEL elektr samolyotini taqdim etgan edi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан