Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Airbus qo‘shma qanotli samolyotning prototipini taqdim etdi (foto, video)
12.02.2020 12:45,  
565

Airbus Singapur aviasalonida 2 metrli Maveric samolyotining prototipini namoyish etdi.

Uning ko‘rinishi kosmik kemalarga o‘xshaydi.

Vc.ru portaliga ko‘ra, taqdim etilgan samolyot masofadan turib boshqariladigan eksperimental modeldir.

Airbus ushbu model yordami bilan yoqilg‘i bo‘linmasi, qanotlar va yo‘lovchilar saloni bilan birlashgan yangi samolyotning aerodinamikasi va imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazadi.

Ikki Maveric dvigateli qanot ustida joylashgan. Airbus vakillarining so‘zlariga ko‘ra, bunday dizayn yoqilg‘i sarfini 20 foizga kamaytirishga va samolyot shovqinini pasaytirishga yordam beradi.

Reuters xabariga ko‘ra, qo‘shma qanotli samolyotlarda bir nechta kamchiliklar mavjud bo‘lib, ular orasida boshqaruv qiyinligi, shuningdek, o‘rindiqlarning qanotdagi joylashuvi tufayli laynerning burilishlarida yo‘lovchilarning chayqalish kuchining ta’siri ham mavjud.

Airbus aviakompaniyasi qo‘shma qanotli samolyotlardan foydalanish sanalarni ochiqlamadi. Hozir kompaniya kabinani ishlab chiqmoqda va laynerni aeroportlarga integratsiyalash ustida ishlamoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан