Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Akademik AQSh va Rossiya o‘rtasida yadro urushi boshlanishiga nima sabab bo‘lishini aytdi
12.09.2019 17:48,  
860

Yolg‘ondan ko‘tarilgan trevoga yoki mahalliy ziddiyatning keskinlashuvi Rossiya Fanlar Akademiyasi qoshidagi Xalqaro xavfsizlik markazi rahbari, akademik Aleksey Arbatovga ko‘ra, AQSh va Rossiya o‘rtasida yadro urushi boshlanishining ehtimoliy sababiga aylanishi mumkin.

Avvalroq Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov strategik barqarorlik atrofidagi vaziyat yomonlashib borayotgani va yadro urushi xavfi yuzaga kelishi mumkinligi haqida bayonot bergan edi. 

Akademikning qayd etishicha, aynan oldindan rejalashtirilmagan yadroviy ziddiyat ehtimoli ko‘proq, chunki tomonlarning birontasi ham yadro urushini g‘alabaga qadar olib bora olmaydi, ikkisi ham buning imkoni yo‘qligini yaxshi biladi. “Rossiya yoki AQShning oldindan rejalashtirib bir-biriga hujum qilishi – bu ehtimoli o‘ta past holat. Boshqa narsadan xavotir olish kerak”, dedi Arbatov.

Texnik nosozlik

Olim yadro urushi texnik nosozlik sababli boshlanishini voqealar rivojining birinchi varianti sifatida ko‘rsatdi:

“Birinchidan, u (yadroviy ziddiyat) raketa hujumidan ogohlantirish tizimining texnik jihatdan ishlamay qolishi natijasida kelib chiqishi mumkin. Bu tizimlar tez-tez yolg‘ondan trevoga ko‘tarib turadi, agar bu trevogalar inqirozli vaziyatda u yoki bu tomonga juda qattiq ta’sir o‘tkazsa, u holda yadro urushi yuz berishi mumkin”, deb izohladi Arbatov.   

“Yolg‘ondan trevoga ko‘tarilishi texnik nosozlik bilan ham, yadro terrorchilarining ig‘vosi ham bo‘lishi mumkin”, deb qo‘shimcha qildi u. 

Keskinlashish

“Yadro urushi kelib chiqishining ikkinchi ehtimoli – mahalliy ziddiyatlarning global darajaga o‘sib chiqishi”, deb hisoblaydi akademik.

“Istalgan yerda harbiy ziddiyat paydo bo‘lishi mumkin: Qora dengiz, Boltiq dengizi, shimolda, Boltiqbo‘yida, Ukrainada qurolli kuchlarimiz boshqalar bilan to‘qnashishi mumkin. Yutqazayotgan taraf esa ziddiyatni to‘xtatish, raqibni tiyib qshyaish maqsadida yadro qurolini cheklangan tarzda qo‘llashga qaror qilishi mumkin. Ammo qarshi taraf ham bunga javoban yadro qurolini qo‘llaydi. Shunda keskinlik ortadi, har ikki tomon bir-biriga zarba beradi: dastlab taktik nishonlarga, keyin o‘rta uzoqlikka, undan keyin esa strategik nishonlarga qarata o‘q uziladi”, dedi Arbatov.

Ekspertning baholashicha, 1987 yilda SSSR va AQSh o‘rtasida tuzilgan “O‘rta va yaqin masofalarga otiladigan raketalarni yo‘q qilish” shartnomasining faoliyati to‘xtatilishi va o‘rta uzoqlikka otiladigan raketalarning takomillashtirilayotgani sababli hozirda yadro urushi xavfi kuchayib boryapti. Arbatov Rossiya uchun AQShning Yevropa va Osiyodagi o‘rta uzoqlikka otiladigan raketa tizimlari strategik nishon bo‘lishi, ularni har qanday usulda qo‘llash Moskvaning strategik darajadagi harbiy javobiga olib kelishi, o‘z o‘rnida AQSh ham ayni choraga qo‘l urishi mumkinligini aytib o‘tdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан