Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Akademik Bekjon Toshmuhamedov vafot etdi
25.06.2020 14:23,  
186

O‘zbekiston biofizikasining asoschilaridan biri, yirik olim, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Bekjon Toshmuhamedov 85 yoshida olamdan o‘tdi, deya xabar beradi Fanlar akademiyasi.

Biolog-biofizik olim, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (1987), biologiya fanlari doktori (1971), professor (1973) Bekjon Oybekovich Toshmuhamedov 1935 yil 27 yanvarda Toshkentda tug‘ilgan. U atoqli yozuvchi Oybekning o‘g‘li.

Bekjon Toshmuhamedov Moskva universitetining biologiya-tuproqshunoslik fakultetini tugatgan (1958), shu universitetda aspirant (1958—61), Toshkent davlat universitetining biologiya-tuproqshunoslik fakultetida kichik ilmiy xodim (1962), biokimyo va biofizika kafedrasi dotsenti (1963—65), O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi yadro fizikasi (1965—67) va Biokimyo instituti (1967—85) biofizika laboratoriyasi mudiri bo‘lib ishlagan. 1979—86 yillarda Toshkent davlat universiteti biofizika va atrof muhit muhofazasi kafedrasi mudiri. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Fiziologiya institutida direktor (1985— 92), bo‘lim boshlig‘i (1998 yildan) bo‘lib mehnat qilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi (1992—95), O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Prezidiumi a’zosi (1995-97) bo‘lgan.

Asosiy ilmiy ishlari biologik membranalarning hosil bo‘lishi va ularning boshqaruvchanlik roli, toksinlar, gormonlar, pestitsidlar, feromonlar, defoliantlar va boshqa biologik faol moddalarning membranaga ta’sir qilish mexanizmini o‘rganishga oid.

Bekjon Toshmuhamedov YuNESKO qoshidagi «Inson va biosfera» milliy komiteti raisi (1998), «O‘zbekiston biologiya jurnali» bosh muharriri (1996 yildan) bo‘lgan. Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1989).

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан