Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Akademik Jo‘ra Abdullayev vafot etdi
19.04.2020 15:24,  
443

Axborot texnologiyalari sohasidagi yirik olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Jo‘ra Abdullayev shu yil 18 aprel kuni 93 yoshida vafot etdi.

J.Abdullayev 1927 yil 21 fevralda Toshkent shahrida tug‘ildi.

1953 yilda O‘rta Osiyo politexnika instituti (hozirgi Toshkent davlat texnika universiteti)ni tugatib, Rossiya Fanlar akademiyasining Avtomatika va telemexanika instituti aspiranturasida tahsil oldi. 1959 yilda nomzodlik, 1974 yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1989 yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi etib saylandi.

J.Abdullayev o‘z mehnat faoliyatini 1956 yili O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Energetika va avtomatika institutining kichik ilmiy xodimi sifatida boshladi. Ushbu maskanda katta ilmiy xodim, laboratoriya mudiri lavozimlarida samarali mehnat qildi. Keyinchalik O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri, Toshkent elektrotexnika va aloqa instituti (hozirgi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti) rektori, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining prezidenti vazifasini bajaruvchisi, mexanika va informatika fanlari bo‘limi raisi, Informatsion texnologiyalar va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi bosh ilmiy xodimi kabi mas’ul vazifalarda samarali xizmat qilib, respublikamizda malakali ilmiy kadrlar tayyorlash, zamonaviy ilm-fan tarmoqlarini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан